Bronza davri (mil.av.3 ming yillikning 2- yarmi- mil.avv. 1- ming yillik boshi) insoniyat tarixini arxeologik davrlashtirishda mis va qalaydan, surma, mishyak va sink aralashmasidan yasalgan ov va mehnat qurollari , taqinchoqlar xarakterlidir. Bronzaning o’zlashtirilishi insoniyat tarixida shunday oqibatlarga olib keldiki, natijada bronzaning misga nisbatan qattiq va o’tkirligi tufayli insoniyat yangi – yangi hududlarni o’zlashtirib, dehqonchilik usulini takomillashtirdi va qo’shimcha mahsulot yetishtirishga erishildi.

Bronza davrida shaharlar paydo bo’ldi, dastlabki davlatlar shakllandi va aholi turar- joylari yuzaga keldi. Bu davrda keng savdo munosabatlari tarkib topdi, qishloq tipidagi dastlabki dehqonchilik madaniyati shakllandi.

Milloddan avvalgi 2- mingyillik yillikda surxondaryo viloyatining uncha katta bo’lmagan tog’ oldi etaklarida sun’iy sug’orishga asoslangan va << sopollitepa>> deb nom olgan madaniyat paydo bo’ldi.

Yuksak rivojlangan dehqonchilik va hunarmandchilik, kulolchilik va bronza eritish san’ati rivoj topgan. Qurilish texnikasi, monumental arxitektura, jumladan: ibodatxona va saroylar, san’at, murakkab inshootlar, turli ko’rinishdagi aholi turar- joylari, egallangan maydoni 100 ga

Bo’lgan jarqo’ton shahri bu davr uchun harakterli hisoblanadi.

Ushbu davr madaniyatining eng yirik yodgorliklari sherobod yaqinidagi jarqo’ton sopollitepa va sho’rchi yaqinidagi mo’llalitepa o’zbekiston sivilizatsiyasida ilk davlatchilik shakllanishi jarayonini boshlab bergan dastlabki shaharlardan biri hisoblanadi.