So´rovnoma


27000 dan ortiq
10000 dan ortiq
57000 dan ortiq
59000 dan ortiq
11000 dan ortiq




Ibratli so´zlar

Kelajak shifokori dori darmon maslahat bermaydi aksincha bemorni yashashga qiziqishini ortiradi.

Muzey haqida umumiy ma`lumotlar

 24-10-2009, 06:12

Muzey haqida umumiy ma`lumotlar Termiz Arxeologiya muzeyi 2001 yilning 24 oktyabrida tashkil etilgan. Muzey Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan 2002 yilning 2 aprelidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu maskan bayram kunlaridan tashqari har kuni o`zbekistonlik va xorijlik barcha tomoshabinlar uchun ochiqdir.
Termiz Arxeologiya muzeyi Markaziy Osiyo mintaqasida o`ziga xos yagona mutaxassislashtirilgan muzey hisoblanadi. U kirish zalidan, 9 ta asosiy zal va ustun asoslari galereyasidan iborat. Kirish zalida turli tarixiy davrlarga tegishli kamyob tosh va gipsdan ishlangan haykallar, tosh hovuz va katta hajmdagi sopol xumlar joy olgan. Shu yerning o`zida voha tarixining turli davrlariga taalugli 20 arxeologik inshoot belgilangan relyefli xarita mavjud. 9 ta asosiy zalda Surxondaryo viloyati hududida topilgan eng qadimgi odamning tosh qurollaridan tortib, mohir ustalar qo`llari bilan yaratilgan san`at asarlarigacha bo`lgan turli eksponatlar xronologik tartibda (miloddan avvalgi 100 ming yillikdan XX asrning boshlarigacha) joylashtirilgan. Muzey fondlarida viloyatning moddiy va ma`naviy madaniyatiga taalluqli 57 000 dan ortiq ashyolar saqlanadi.

Viloyat Arxåologiya muzåyi O`zbåkiston Råspublikasi Pråzidåntining 1998 yil 12 yanvardagi "Muzåylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida" gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martdagi "Muzåylar faoliyatini qo`llab-quvvatlash masalalari to`g`risida" gi 98-sonli va 1999 yil 27 dåkabrdagi "Tårmiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida" gi 545-sonli qarorlari asosida tashkil etildi.

Arxåologiya muzåyi O`zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 oktyabrdagi 08-10-168 sonli majlis bayonnomasiga muvofiq Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga o`tkazildi va Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 10-231 sonli buyrug`iga asosan vazirlik tizimiga kiritildi (endilikda Madaniyat va sport ishlari Vazirligi).
Arxåologiya muzåyining tåmatik-ekspozitsion råjasi 2001 yil 14 fåvraldagi "O`zbåkmuzåy" jamg`armasining arxåolog olimlar ishtirokidagi kångaytirilgan majlisida tasdiqlanib, Madaniyat ishlari vazirligining muzåy ishlari boshqarmasi tomonidan qayta tahrir o`tkazilib, Madaniyat ishlari vazirligiga taqdim etildi. O`zbåkiston Råspublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 231-sonli Buyrug`iga asosan "Arxåologiya" muzåyining fondini yangi eksponatlar bilan boyitish ustida talay ishlar qilindi.

Arxåologiya muzåyining binosi "O`zqishloqloyiha" institutining ilmiy xodimlari tomonidan 100 ming eksponatlarni o`z zahiralarida saqlash imkoniyatiga ega bino sifatida loyihalashtirilgan.

Muzåyning kadrlar bo`limi uz faoliyatini 2001 yil boshlagan bo`lib, hozirgi kunda muzåyda 65 kishidan iborat shtatlar jadvaliga muvofiq 54 kishi ishlab kålmoqda.

Manzil: Surxondaryo viloyat Arxåologiya muzåyi toifalanmagan muzåy bo`lib, Termiz shahri at-Tårmiziy shoh ko`chasi, 29A uyda joylashgan.

Muzåyning ish tartibi: Soat 9:00 dan 18:00 gacha, bayram kunlaridan tashqari dam olish kunisiz ishlaydi.

Telefon:Tål: 998 (376)22 7-30-17, 224-07-65

Faks: 998 (376)227-30-17

E-mail: muzey@tam.uz



Moziydan sado


Menyu

  • Tam yangiliklari
  • Arxeologiya yangiliklari
  • O'zbekiston yangiliklari
  • Ma`muriyat bilan bog`lanish
  • Foydalanuvchi paneli

    Izlash


    Manzil

    O'zbekiston Respublikasi Termiz shahri at-Tårmiziy shoh ko`chasi, 29A uy
    Tel|faks: 8 (376) 2273017
    info@tam.uz admin@tam.uz muzey@tam.uz