
Vladimir Vsåvolodovich Monamax (1053-1125 yillar) Vsåvolad Yaroslavichning o’g’li, Kiåv knyazi, tajribali xarbiy sarkarda va yozuvchi bo’lgan. Onasining nasabiga ko’ra Monamax dåb atalgan. (Onasi Vizantiya impåratori Konstantin Monamaxning qizi edi) Vladimir Monamax dastlab chårnigov (1078) kåyin Påråyaslavda knyaz bo’ldi. 1093 yildan boshlab qipchoqlar bilan urush olib bordi. Knyazlar s'åzdlarda (1097-1100, 1103) yillar qatnashib, qipchoqlarga qarshi kurashish uchun birlashishga chaqirgan va ular ustiga qilingan yurishlarga (1103-1007-1111 yillar) raqbarlik qilgan. 1113 yildan Kiåv taxtiga o’tirgan sudxo’rlarning zo’ravonligini chåklovchi Nizom ishlab chiqgan. Farzandlari uchun yozgan «Pandnomasida» ularni qadimgi Rus davlatini mustaqkamlashga chaqirgan.
1902 yilda Buxoro amirligiga qarashli shaqrisabz båkligida cho’ponlar tomonidan uncha katta bo’lmagan låkin oltin buyumlardan iborat ajoyib xazina topilgan. Ushbu xazinaning aniq topilgan joyi xozirgacha ma'lum emas. Faqat shunisi ma'lumki, ushbu xazinani cho’ponlar kuchli yomg’irdan so’ng topishgan. Tåz orada ushbu xazina rus istilochilari qo’liga o’tdi va Rossiya impåriyasining arxåologik komissiyasi tomonidan katta mablag’ evaziga sotib olindi. chunki xazina tarkibidagi buyumlar mashqur Monamax shapkasini tushunish uchun katta aqamiyatga ega edi.
Xazina: Katta qalqoncha, nafis to’qimcha, taqsimcha shaklidagi ko’krak nishoni 8 ta chiziqsimon bo’g’in, marjon va baldoqdan iborat oltin buyumlar edi.
Qalqoncha (Payza): Xazinaning asosiy topilmasi bo’lgan qalqoncha o’simliklar tasviridan yasalgan gulchambar ichida ma'lum uslubga o’xshatilgan yirtqich qayvonning boshi ko’rinishida tasvirlangan.
Xitoy uslubida yaratilgan gulchambar qimmatbaqo o’zak yoki no'ma'lum taqsimchadan tuzilgan bo’lib, qar tomonga bir-biridan bo’rtib chiqib turuvchi uchta tarmoq tarqalgan, tarmoqchalar o’yilgan barglar ko’rinishida bo’lib, yarim aylana va qush tumshug’i ko’rinishidagi nosimmåtrik miqdordagi bo’rtiq yoki o’yiqlardan iborat. Boshning gulchambarga simmåtrik joylashishi uchun gulchambarning tagidan zar chilvir shaklida qo’shimcha kiritilib, u o’rdak tumshug’i bilan tugaganga o’xshaydi.
Payza butunlay kichkina tuynukchalar bilan qoplangan bo’lib, ular bo’ylab marvarid va taqinchoqlar joylashtirilgan. Ushbu topilmaning butun moxiyati tuynukchalardan bo’lib, biz uning ko’rinishini tubdan talqin qilmoqchimiz.

Yaxshi navli tuynukcha bu ichki o’yini mavjud bo’lgan qavo rangdir. U qiyiqning ikki ingichka ipdan iborat va silindrlar o’rtasiga tortilgan aylana iplarning miqdori lupa yordamida tuynukchalar oxirida aniqlanadi. Tuynukchalar cho’zilganini bolg’alar izidan bilib olish mumkin, eng asosiysi bo’limlarning niqoyatda aniq va tartibligidadir. Aylana tuynukchalar chiroyliroq, chunki u o’zining andoza bo’lgan bug’doy doniga o’xshash, tuynukchalarning qiyiqligi o’rtacha bo’lib, uning qalinligidan kångligi ikki baravar katta, shu tufayli uning yonidagi bo’linmalar aniq ko’zga tashlanadi, bu tuynukchalarning chiroyli ko’rinishiga xizmat qiladi, chunki tåkis chiroyli tuynukchalar o’zining ma'lum miqdordagi o’ynoqligini yo’qotadi. Tuynukcha ajoyib u juda ingichka, zo’rg’a ko’zga tashlanuvchi qiyshiq bo’laklari aniq ko’zga tashlanib turibdi.
1. Vladimir Monamaxning shapkasi shaqrisabz qududidan topilgan X-XI asrga oid oltin payza (qalqoncha)dan nusxa olinib tayyorlanganini ko’pchilik bilmasa kårak. Bu qaqdagi ma'lumot Tårmiz Arxåologiya muzåyining ilmiy arxivida saqlanayotgan rus impåratori quzuridagi Arxåologik komissiyaning Sankt-Påtårburgda nashr etilgan 1909 yil 29-to’plamida bårilgan. Ushbu maqola rus arxåologiya jamiyatining a'zosi profåssor A.Spitsinga tågishli bo’lib, qisman o’zgartirishlar va to’ldirishlar bilan bårilmoqda.
Tuynukcha shaklning butun maydonini egallab buramali chiziq, butoqcha yoki oddiy shoqcha ko’rinishiga ega bo’ladi. Buramali chiziqlar bitta asosiy buramali chiziqdan tuzilgan bo’lib, unga yon boshidan barchasi bir xil kattalikdagi 9 tadan 14 tagacha bo’lgan butoqlar yopishtirilgan. Ular chapga va o’ngga o’rniga qarab tarqalgan yonma-yon turgan buramali chiziqlar qåch qachon bir tomonga qaramagan. Ba'zan yaqin joylashgan buramali chiziqlar simmåtrik juftliklarga birlashadi xuddi uzun boshga o’xshab, bu buramali chiziqlarning tuzilishini osonlashtiradi. Buramali chiziqlarni butoqlar dumining umumiy butoqqa bog’lanishini xam ko’rsatish mumkinki, bu butoqlarning ikki qator bo’lib ko’rinishiga xizmat qiladi.
Butoqlar ayniqsa tumshuqsimon kåsmalar tor maydonni egallaydi ularning barchasi ikki tomonlama bir-biriga biriktirilgan, asosiy butoqsiz, uning o’rniga butoqlar dumi egallaydi. Butoqlar ba'zilari uzun, ba'zilari kaltaroq, ularning o’rniga qarab ba'zilari juda go’zal. Buramali chiziqlar va butoqlar to’ldirilgan. Ular o’xshash guruqlar qilib joylashtirilgan bo’lib, yonboshi yoki tagi bilan emas, boshlari bilan qo’shni shakllarga qo’shilib kåtishiga xarakat qilishgan. Katta joylarga o’rnatilgan butoqlarning shoxlari kattaroq cho’ziqroq, kichik joylardagi butoqlar shoxlari kichikroq, barglar kattaligi ularda bir xil.
Buramali chiziqchalar, butoqlar va shoxlar ustasining ishonchi va maxoratiga qarab aniq joylashtirilgan. Rasmdagi payza tuynukchalari joylashuvida o’xshashlik yo’q. Tuynukchalarning muvaffaqiyatiga yana shuni qo’shish mumkinki, uning tåpa qismi tåkis, bunga aloqida tåxnik usul orqali erishilgan.
Tuynukcha, taqsimchalar, måvalar, donalar bilan jonlantirilgan. Taqsimchalarning bir shakli, uncha katta bo’lmagan, o’rtasida don boshog’i o’rnatilgan oltita to’g’ri egilgan barglar, ularning barchasi bir xil yasalgan bo’lib, o’zlarining mustaqil o’rinlariga ega. Ular miqdori bir xil, xar biri aloxida qismda bittadan ko’krak nishonlari xåch nima bilan to’ldirilmagan. Måvalar yumshoq, yaltiroq shakldan iborat bo’lib, ularga 5 ta don o’rnatilgan aynan donlarning tagidan chiqib turibdi. Umuman olganda måvalar bizning ko’ylaklardagi tugmalar axamiyatiga ega. Ular tuynukchalarda juda ko’p joylashtirilgan bo’lib, dåyarli barcha buramali chiziqlar ichida ko’plab butoqlarda va ayrim shoxlarda o’rnatilgan. Barcha buramali chiziqlarda ular mavjud emasligi måvalarning ular bilan bog’lanmaganligini, taqsimchalar, ular orasidagi joylarni båzatish uchun ishlatilmaganligini bildiradi. shakllardagi måvalar miqdori chap va o’ng tomonda bir xil tånglikda låkin ularning joylashuvi burumali chiziqlar va o’ng tomonda bir tånglikda, låkin ularning joylashuvi buramali chiziqlar va butoqlar joylashuvi kabi o’xshash emas.
Payzalar yuza qismi ko’plab o’yiqlar va uyalar bilan osonlashtirilgan. Yumaloq uyachalar albatta marvaridlar uchun muljallanganligini ularning xar birining tagidagi bir yoki ikki tåshik borligi isbotlaydi. Noksimon uyalarda va qayvon boshidagi bukilgan nima borligini aniqlash mushkul. Bir tomondan ular bo’sh bo’lishlari mumkin, chunki ular uncha katta emas, ko’krak nishoni kåsimlari bilan qamoqang, boshqa tomondan esa ularning dåvorlari yopiq, boshqa barcha uyalar kabi nafis emas va taxmin qilish mumkinki, ular bu årda nimanidir to’ldirib turishlari mumkin.
Tosh o’rnatilgan uyani biz oxirgi dåb qisoblaymiz. Undagi oltin boshqacha yanada yorqinroq dåvorlar tåxnikasi avvalgidåk bo’lsa qam dag’al ishlangan, uya butun tasvirni qoplaydi, bunga usta yo’l qo’ymagan bo’lardi. Bo’lishi mumkinki, u katta marvaridning o’rnini egallaydi, chunki orqa tomonida uning tagida ikkita eski tåshik bo’lib, ularning bittasi bo’sh, uyaning tåkis tagi chuqurlik bilan tugaydi, unda uyani ko’krak nishoniga maqkamlovchi mixning silliq boshi turibdi, ushbu mixning simi tashqariga chiqarilgan va o’sha årda bukilgan. Uya kovshirlanmagan, faqat shu mix ushlab turibdi va osongiga yulib olish mumkin. Dåvorlari sakkizsimon ko’rinishdagi to’qimalardan iborat, ular yuqorida bir qator bukilgan sim bilan mustaqkamlangan. Toshbillur, ikkita aloqida bo’laklardan yasalgan, pastki-yumaloq tåpasi-cho’qqisi qirqilgan uzun konus shaklida. U o’z o’rnida chåtlariga tashqi tomondan to’rt joyidan biriktirilgan qisqichlar bilan o’rnatilgan.
Eng so’nggi ushbu qoplamaning o’ziga xos jiqati shundaki, xodasimon oltin bosh qandaydir rangli bo’lishi kårak edi. Donalar ko’p bo’lib, juda qam kichik va barcha uyalarning chåtlarini kuchli siqib turibdi, u esa måvalarda xam o’z o’yinini aks ettirgan. Donalar o’yiqlar va ko’krak nishonidagi barcha chiziqlarni xuddi o’zi uchun yaratilgandåk egallab, bir juft o’ralgan simlar bo’ylab moxirona joylashtirilgan. qayratlanarlisi shuki, chiziqlardagi xar bir qayrilish aloxida yasalgan simlardan tayyorlangan. Bu albatta tåxnik tomondan juda qiyin bo’lgan ishning toza va aniq bajarilganidan dalolat båradi. Ko’krak nishonidagi donalar kichkina låkin ularning xaraktårli bålgisi, donalar chizig’idagi barcha ulangan joylar ustiga bir donadan yana dona o’rnatilgan, ushbu tåxnika shu darajada mayda chuydalarni qam qisobga olgan. Måvalardagi donalar birmuncha kichik.
Ko’krak nishonning yuz tomoniga umumiy nazar tashlasak, ushbu asarga ko’proq o’yin bårish maqsadida bu årdagi barcha narsalar qanday san'atkorona va qisob-kitob bilan birlashtirilganidan qayratga tushmay ilojimiz yo’q.
Dog’lar yaltillaydi, tåshiklar qora dog’ rangini båradi, qayratlanarli tuynukchalar xuddi tirik son-sanoqsiz donalar orqali yaltiraydi, go’yoki u nafas olayotgandåk, xarakatlanayotgandåk. Bunday o’yinni faqat ba'zi gullarda kuzatish mumkin. Tuynukcha shunday ajoyibki, dåkoratsiyaning asosiy elåmåntidåk xis etiladi. Go’yoki, barcha masala tuynukchalarda, barcha båzaklar, buyumdagi barcha bo’rtiq va bukilishlar qam uning uchun yaratilgandåk. Bunga oltinning sariq, quyuq, issiq qayotiy rangi qamoqang.
Tuynukchalarning jiyak ångilligiga nafis dåvorlar va ko’psonli uyalarning dåvorlari orqali erishilgan. Buyumning barcha dåvorlari, qozirgi avvalgi va kåyingi davrlar uchun xos bo’lgan sakkiz shakldagi simlardan yasalgan. Ushbu simlar balandligi båsh santimåtr bo’lib, juda nafis bir-biriga o’ralgan simlardan iborat, tåpadan xuddi shunday simlar bilan jiyakdåk bog’langan. Parcha uyalar dåvorlari yopiq jiyaklardan yasalgan. Tuynukchalarning yanada mustaxkam bo’lishi uchun barcha taqsimchalarning tagiga silindrlar joylashtirilgan. Umuman olganda, tuynukchalar tåpaga shunday mustaxkam joylashtirilganki, xozirgi kunga qadar biror joyi bukilgan emas, ustaning moqirligiga tasanno.
Pastki oltin qavat butun shakl ko’rinishiga bo’lingan va qo’lda gul båzak chizib chiqilgan. Ushbu ko’rinishda o’rtada turgan lotos guli diqqatimizni o’ziga tortadi. Umuman olganda umumiy xaraktårga ega, låkin tajribali va ishonchli qo’llar bilan yasalgan. Satqi yuzasi tåshiklar bilan qoplangan. Ushbu asarga munosiblarini biz xitoylik ustalar tomonidan yasagan buyumlarda ko’ramiz. Payzani maxkamlash uchun uning orqa tomonida uchta kång quloqchalari bor.
Asarning yaratilishi tåxnikasi mutaxassis bo’lmaganlar uchun tushunarsizdir. Bizning nazarimizda butun tuynukchalar o’yiqlari va yoriqlari bilan ustki tomoniga o’rnatilgan qoshiyaga mos qilib ishlangan. So’ngra donalar o’rnatib chiqilgan, kåyin pastki yarmi dåvorlar bilan ishlangan, ikkala qismi birlashtirilgan, quloqchalar tayyorlangan va niqoyat asar yaratilgan. Bo’lakchalar bir-biriga mos kåladi, ammo to’liq emas. Payzaning shakli yasalish san'ati va moqirligiga qarab biz xåch ikkilanmasdan aytishimiz mumkinki, bu xitoy uslubidagi buxorolik ustaning ishi. o’rnatilgan toshlar va quloqchalar boshqa qo’l bilan yaratilgan, balki bir vaqtda xazinaning ikkinchi prådmåti- nafis taqsimcha. U o’n ikkita juftliklarga birlashtirilgan va tuynukchalardan bajarilgan va shuncha sim buramali chiziq silindrlarning o’rtasi bo’sh qilinib, barglardan yasalgan. Ichki va tashqi chåtlari butun, bir-biriga o’ralgan simlardan bukilgan.
Bitta sim chåt bo’ylab tortilgan, ikkinchisi ichkari tomonga chuqur bukilib, barglar kosachalarni ajratib turadi. To’r ingichka bir-biriga o’ralgan yarim aylana qilib bukilgan va oxirida bir-biriga mustaqkamlangan tuynukchalardan tashkil topgan. Ushbu tuynukchalar, payzaning tuynukchalardan farqli ravishda, qiyshiq bo’laklarga bo’linadi. Butun chåt bo’ylab kosachalar va barglar bo’ylab, ya'ni qasrdan ikki qator sim o’tkan bo’lsa, barchasida donalar o’rnatilgan. Ichki chåtlar asosiy barglar soni bo’yicha o’n ikki bo’lak emas ikki baravar kam. Yon dåvorlar pastdan va tåpadan bir-biriga o’ralgan simlar bilan biriktirilgan sakkizsimon shakldagi nafis to’qimalardan yasalgan. Bunday dåvorlar nafaqat tashqi chåtlar, balki ichki va barglarning asosiy bo’limlari bo’ylab o’tadi. Barcha tashqi qo’ltiqlardan, chåtlariga ikki kosachadan iborat måvalar biriktirilgan, biri silliq ikkinchisiga dona o’rnatilgan oltindan yasalgan ingichka o’rama simlar chiqib turibdi. Kosachalarning ichki stårjinlariga nafis barglar va qimmatbaqo toshlar ko’rinishidagi osmalar erkin xarakatlanuvchi taåqchalarga o’rnatilgan. Oyoqchalar ularning mustaqil xarakatidan ogoqlantirish uchun, ikki joyidan simlarga biriktirilgan. Osilib turgan barglarning biriktirilish usuli no'ma'lum, chunki ulardan birortasi butun saqlanib qolmagan. Barglar tåxnikasi ko’krak nishonidagi kabidir. Ko’krak nishoniga paychalar o’ziga xos uslubda biriktirilgan, ulardan sim ajralib chiqib, dåvor ichiga kirgan va uning ichki buyumning ichki chåti orqasiga biriktirilgan. Ilmoqlar yangi moslama emas, chunki simlarni o’tkazish uchun ularni qo’ltiqlarida kichkina maxsus naychalar yoki og’izchalar o’rnatilgan. Buyum yotiq xolda nimagadir qotirilgan. Barglari osilib turibdi, ularning oxiridan ilmoqlar tushib turibdi. Buyum vaqtlar o’tishi bilan ekirgan, chåtlar, ayniqsa ichki chåtlar bukilgan to’rtta bargning iplari uzilib tushgan. Uning o’rtasida yana bitta nishon bo’lganki, undan asar qolmagan.
Buyumning ishlanishi puxta zåroki donalar yaxshi o’rnatilmagan bo’lsa qam oltinlar xira payzaga nisbatan ko’krak nishoni tuzilishi va ishlatilishi bo’yicha nafis taqsimcha bilan bir xil. U xar biri ikki ravoqdan iborat bo’lgan, oltita bargdan tashkil topgan taqsimchalar ikkita. Xar ikkovi, ichkisi va tashqisi, buyum konturlari bo’ylab, unisining va bunisining chåtlari ikki qator bir-biriga chirmashgan simlardan tayyorlangan. Tuynukchalar xuddi payzalardagidåk, låkin birmuncha ingichka kichikroq barcha gajaklar chapga yo’naltirilgan. Javoqirlar uchun ularning o’rta nishonida ularni biriktirish uchun (yon tomonidan ikkitadan va bitta o’rtadan) tåshikchalar mavjud. Tuynukcha qavoyi, låkin asta-såkin markazga tushib kåladi. Ustaning fikriga muvofiq: shakl bo’ylab donalar o’rnatilgan. Dåvorlar nafis, xazina, xazina tuzilishi uchun umumiy. Ular nafaqat chåtlar bo’ylab, balki, kichkina patnischalar birlashgan joylar va o’rta uyalarda qam mavjud. Yopiq dåvorlar xåch qaårda yo’q. Tagi yuqa, ba'zi joylari g’ijimlangan yoki yirtilgan. Unda albatta tåshik maxkamlash uchun kiyim yasalgan. Orqa tomonining olti joyida simlar biriktirilgan, balki bular oldingi ko’krak nishonidagi kabi shoqlarning qoldiqlaridir. Oltin rangi payzadagidåk. Baldoq xira oltindan qo’pol ishlangan. Nafis sharikka o’rnatilgan uchta nafis tugma yoki taqinchoqdan iborat. qar bir tugma ikkita aloqida qismdan yasalgan. Uning asosiysi ustidan to’r yopilgan yarim aylana kosachani anglatadi. Bu kosachalar qo’sha bir-biriga biriktirilgan simlardan bukilib ishlangan. Nurli to’rlar xuddi shunday simlardan iborat. Tugmalarning yuqori qismi butalardan yasalgan, ularda shakllar ikki qator sim bilan o’ralgan.
qoshiya o’rtasi dag’al, qiyshiq bir-biriga biriktirilgan tuynukchalardan yasalgan. shoqchalarning mustaxkamligi ba'zi joylarda chiroyli ko’rinishi uchun tugmalarning yuqori bo’lagi bo’ylab naychalar o’tkazilgan. shakl bo’ylab dag’al oralari ochiq qilib dona o’rnatilgan. Tugmalar tåpasidan va yonboshidan yuza tomonidan sakkiz bargli kosachalar o’rnatilib, ular bir-biriga o’rnatilgan simlardan yasalgan. shariklar qam ikki qismdan iborat. shariklar tagi va barcha tugmalar oltin barglar bilan maqkamlangan. Tugmachalar o’rtasidagi birikmalar, jiyaklar bilan o’ralgan. Baldoq nimagan biriktirilgan? No'malum. sharikning yuza tomonidan qandaydir kovsharlash ishlari mavjud. Marjon bilakuzuk sakkizta nafis nishon yoki bo’lakdan iborat. qar bir nishon gorizontal joylashgan va ikkita vårtikal simlarga biriktirilgan sakkiz ko’rinishdagi bir juft buramali chiziqchalardan iborat. Buramali chiziqchalar o’rtasida tashqi tomonidan bittadan dona o’rnatilgan. Nishonlar kamroq bir-biriga biriktirilgan tuynukchalardan tayyorlangan Oltin o’rda shaqarlarida xuddi shunday tåxnika bilan yaratilgan oltin buyumlarga qarab aniq aytish mumkinki, tasvirlanayotgan 10-11 asrlarga taalluqli Buxoro xazinasi dåb aytish mumkin.
Buxoro payzalari Monamax shapkasining yaratilishida katta aqamiyatga ega ekanligini yuqorida eslatib o’tdik. Monamax shapkasining tuynukchalari xuddi shunday bir-biriga biriktirilgan, uning båzagi xuddi shunday buramali chiziqchalar, shoqchalar va gajaklardan tuzilgan.
Eslatib o’tamiz, Monamax shapkasi to’liq tasvirlanib bårilmagan. Biz maxsus Moskvaga safar uyushtirib shapkaning matosining tåxnikasi bilan tanishdik va dåyarli barcha nishonlarni rasmga tushirdik. Ikkinchi safarimizda tasodif tufayli uni o’rganish uchun bizga qo’lga kiritish nasib etmadi, shuning uchun o’sha vaqtda olingan oddiy suratlar bilan chågaralandik, Xususan ular shapkaning xozircha eng yaxshi qayta ko’rinishi qisoblanadi. A.Spisin.
U va bu buyumning o’xshashligi emas, balki farqi xaqida gapirish joiz. Ushbu farqlar quyidagilardan iborat:
shapkaning tuynukchalari, ikki o’yiqlarsiz. Ko’plab taqsimcha va shakllardan iborat bo’lib, buramali chiziqlar va gajaklar bu årda muxim rol o’ynamaydi.
Tuynukcha xavoyi emas, donalar kichik va xayotsiz.
Tuynukcha juda aylana, låkin yo’g’on simlardan bir-biriga maqkam biriktirilganki, yonboshdagi bo’laklarni ajratib bo’lmaydi. Kavsharlangan tuynukchalar uchun bu tabiiy. Gajaklar biroz qisqa ularning boshchalari aylana emas, imoq ko’rinishida bukilganki, bu tuynukchaning umumiy chiroyiga yomon ta'sir qiladi: u shildiroqqa o’xshaydi. Bu mayda chuyda bo’lib tuyulishi mumkin, låkin ko’p takrorlanuvchi bu mayda-chuydalar buyum xaqidagi taasurotni o’zgartiradi.
Buramali chiziqlar katta aylanalarga biriktirilgan. Gajaklar dumi kamroq maxkamlangan, gajaklar bir-biriga simmåtrik joylashtirilmagan. Buramali chiziqning o’zi to’g’ri emas, ba'zida bir-biriga biriktirilganga o’xshaydi. Buramali chiziqlar o’lchami qar xil, katta va kichik, Buxoro payzalarida bu narsa yo’q.
shoqchalar kam va bir tomonlama. Ikki tomonlama chiroyli shoqchalarga faqat ishora bor.
Don o’shanday va ikkita bir-biriga biriktirilgan simlarga o’rnatilgan, låkin juda moqirlik bilan emas va ba'zi joylari qo’porilgan. shapkadagi donalarning o’ziga xosligi shundaki, ba'zi joylarida ularning yonboshidan aloqida donlar o’rnatilgan.
Måvalar dåyarli yo’q, xuddi shunday ular qam donalardan tashkil topgan, låkin qalqonchalari yo’q: xatto barglarga donalar xam o’rnatilmagan.
Marjonlar zaruriyatga ko’ra, yopiq va chiroyli bo’lmagan baland tåshikchalarga biriktirilgan, shapkadagi barcha narsalar, Buxoro payzasidagi kabidir, låkin ularning barchasi o’quvchi yoki nusxa ko’chiruvchining qo’lida qo’pol ishlangan.
Umuman olganda, Buxoro oltin xazinasining payza bilan solishtirganimizda Monamax shapkasi buxorolik ustalar tomonidan yasalgan payzadan ko’chirma bo’lishi mumkin.