Insoniyat tarixini arxeologoik davrlashtirishda 2 mln. Dan ko’proq davom etgan tosh asri birinchi davr hisoblanadi. U paleolit (qadimgi tosh asri), mezolit (o’rta tosh asri) va neolit (yangi tosh asri)ga bo’linadi. Tosh davridan metall (bronza) davriga o’tish bosqichi eneloit, yoki xalkolit (tosh-mis davri ) deyiladi. Surxondaryo hududida dastlabki odamlar ibtidoiy to’dasining paydo bo’lishi (er.avv. 100-12 ming yil) davridan boshlanadi. Dastlabki odamlarning manzilgoxlari mevali daraxt, yovvoyi o’simliklari va yovvoyi hayvonlar ko’p bo’lgan boysun tog’ oralig’ida, daryolarning vodiysida tog’ oralig’idagi joylarda paydo bo’lgan. Bunday manzilgohlar ichida eng qadimgilari boysundan shimoli-sharqda joylashgan zovtalashsoy darasidagi teshiktosh va machay g’oridir.

Arxeologik qazilmalar chog’ida bu yerda ko’plab suyakdan yasalgan qurollar topildi. Teshiktosh g’oridan topilgan neandertal bola suyaklari jahonshumul ahamiyatga ega yodgorlik bo’ldiki, u o’zbekistonda hozirgi qiyofadagi odamlar dastlab paydo bo’lgan hududlardan biri ekanligini isbotladi. Mezolit (mil.avv 12-6 ming yillik) va neolit (mil.avv 5-3 ming yilliklar) davrida viloyatimizning tog’ oldi va vodiy hududlarini o’zlashtirish davom etdi. O’rta osiyodagi eng qadimgi tasviriy san’at namunalaridan biri hisoblanmish va ko’hitang tog’laridagi zarautsoyda yovvoyi buqalar ovi tasvirlangan rasmlar ham shu davrga taalluqlidir.