Arxeologik davrlashtirishga muvofiq bu davr so’nggi bronza va temir davrining boshlanishi hisoblanadi.

bu davr uchun ibtidoiy jamoa tuzumuning yemirilishi va dastlab temirdan yasalgan qurollarning paydo bo’lishi, so’ngra esa keng tarqalishi va sinfiy munosabatlarning paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.

bu davr markaziy osiyoda baqtriya, so’g’d, xorazm, parfiya kabi tarixiy madaniy hududlarning shakllanishi sodir bo’ladi. Bular orasidan qadimgi baqtriya va xorazm davlatlari paydo bo’ldi.

surxondaryo viloyati hozirgi shimoliy afg’oniston, janubiy o’zbekiston, janubiy tojikistonni o’z ichidga olgan baqtriya tarixiy-madaniy davlati tarkibiga kirgan.

bu davlat haqidaki dastlabki ma’lumotlar mil.av.vi-v asrlarga ta’lluqli bo’lib, qadimgi yunon yozuvchisi esxilning ‘’forslar tragediyasi’’da, bexistun yozuvlarida va ‘’avesto’’da keltiraladi.

baqtriya mil.av.539-yoki mil.av.529-yillardan to mil.av.329-yilgacha ahmoniylar imperiyasi tarkibiga satraplik sifatida kirgan. Ahmoniylar imperiyasi makedoniyalik iskandar tomonidan uzil-kesil bosib olingan.

jamiyatning asta-sekin rivojlanishi jarayoni dehqonchilik taraqiyoti, hunarmandchilik va savdo rivoji,urug’ jamoasi tipidagi manzilgohlarning sifat son jihatidan o’sishi bu davr uchun xosdir. Aholi manzilgohlari orasida mirshodi yaqinidagi qiziltepa alohida ajralib turadi. Bu davrda shahar tipidagi aholi manzilgohlari asosan surhondaryo va sheroboddaryo vohalarida ko’plab topilgan. Mil.av. I-ming yillik o’rtalarida ko’hna termiz o’rnida dastlabki doimiy aholi manzilgohi paydo bo’lgan, bu esa eyinchalik katta shaharning shakllanishida muhim ro’l o’ynagan.