BU DAVR BAQTRIYANING MAKEDONIYALIK ISKANDAR DAVLATI TARKIBIGA KIRISHI (MIL.AV.329-323 Y.Y) BAQTRIYA NOIBLIGI (MIL. AV. 323-306 Y.Y) UNING SALAVKIYLAR DAVLATI TARKIBIGA KIRISHI (MIL.AV.250 Y- MIL.AV.2 ASR 2-YARMI) BILAN XARAKTERLANADI.

Bu davrda baqtriya, jumladan surxondaryo iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarda ellin va sharq madaniyati o’zaro bir-biriga ta’sirini uyg’un rivojlanishi jarayonini boshdan kechirdi. A.makedonskiy, salavkiylar, va yunon baqtriya podsholigining shahar qurilishi borasidagi siyosati baqtriya hududlaridagi yangi shaharlar, qal’alar paydo bo’lishiga,yo’ki amalda mavjud manzilgohlarning qayta qurilishiga sabab bo’ldi. Ma’lumotlarga ko’ra jumladan, aleksandriya oksianskaya shahri hozirgi termiz yoki kampirtepada mudofaa devorlarining qalinligi 9-10 metrga etadigan qal’a qurilgan. Shu davrda qurilgan qal’a va manzilgohlar surxondaryoning dalvarzintepa, jondavlattepa, hayitodtepa va boshqa erlarida paydo bo’lgan. Iqtisodiyotning turli sohalarida, madaniyatga munosabatning o’zgarishi, tovar-pul munosabatlarining keng rivojlanishi ham shu davrga xosdir. Salavkiylar va yunon-baqtriya davlatining tangalari surhondaryoning aholi manzilgohlaridan topilgan.