16-asr boshlarida Termiz va Surxondaryoning boshqa shaxarlari shayboniylar, Joniylar (Ashtarxoniylar) va mang’itlar sulolasi boshqargan davlatlar tarkibida bo’ldi. Bu davrda ko’plab me’morchilik inshoatlari, xususan denovdagi Sayid-Otaliq madrasasi qurildi, moddiyva badiiy madaniyatda ham o’zrarishlar sodir bo’ldi/ denov va Sherobod kabi qadimiy shaharlar yangi joyda qad rostladi. 1895 yilda Pattakesar qishlogi yaqinida ruslar tomonidan Buxoro amirligidan sotib olingan yerda rus mustamlakachilari Termiz harbiy qalasiga asos soldilar-ki, uning atrofida keyinchalik yangi Termiz shahri qad kutardi.