Mil.av. Ii asrning 2yarmi boshlarida yunon baqtriya davlati markaziy osiyodan kelgan yuechjilarning dastlabki poytaxt shahri shimoliy baqtriyada dalvarzintepa o’rnida bo’lgan deb taxmin qilinadi. Yuechji qabilalari ichidan guyshuan urug’i yuksalib uning vakili kudzulla kadfiz va kanishka xukumronliklari davrida kushon podsholigi o’z qudratining cho’qqisiga chiqadi. Bu davrda uning tarkibiga hozirgi hindiston, pokiston, afg’oniston, shuningdek janubiy o’zbekiston va janubiy tojikiston xududlari kirgan. Rim parfiya va xan imperiyalari qatori kushon podsholigi ham qadimgi dunyoning eng yirik davlatlaridan biri bo’lgan. Kushon davrining surxondaryo viloyatidagi yodgorliklari juda ko’p va xilma xildir. Bu davrga oid 110 dan ortiq shahar va manzilgohlar topilgan. Kushon davrida bu erda qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik ishlab chiqarilishi, pul munosabatlari yuksaldi. Ma’naviy va ba’diy madaniyat gullab yashnadi, shahar va aholi manzilgohlari yanada o’sdi. Shimoliy baqtriyaning eng yirik shaxri termiz bo’lib qoldi. Shaharda badiiy madaniyatning ko’plab sohalari: me’morchilik, rasomchilik, haykaltaroshlik,koroplastika, toshga naqsh o’yish, safari (gliptika), musiqa paydo bo’ldi va rivoj topdi. Mahalliy madaniyat bilan hindiston, eron, yunon-rim va uzoq sharq dunyosi madaniyatlarining o’zaro ta’siri va bir-birini boyitish jarayonlari yuz berdi. Topilmalari jahon ahamiyatga ega bo’lgan xolchayon, termiz yaqinidagi qoratepa va fayoztepadan topilgan budda ibodatxonalari ayritom, dalvarzintepa, kampirtepa surxondaryo viloyatining kushon davriga oid, noyob arxeologik yodgorliklari hisoblanadi.