Ilk o’rta asrlar davrida Surxondaryo viloyati yirik tarixiy-madaniy o’lka hisoblanishi Toxariston tarkibiga kirgan. O’lka nomi 383-yilda dastlab tilga olingan toxarlar deb ataluvchi halq nomidan kelib chiqqan. 6-8 asrlarda Toxariston ko’plab mulkliklardan tashkil topgan bo’lib, shulardan 3 tasi: Termezshoxlar, Chag’anian va Kuftan Surxondaryo viloyati hududida joylashgan kushon podsholigi inqirozidan so’ng bu hududlar 3-4 asrlarda Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. 4 asr oxirlari 5 asr boshlarida bu yerda xioniylar qabilasi hukmronligi o’rnatiladi. 5-asrning 2-yarmidan 563-567 yillargacha Termiz, Chag’aniyon va kuftan Eftalitlarkonfederativ davlatining bir qismini tashkil qilgan. 6- asr boshlaridan Toxariston Turk xoqonligi tarkibida bo’lgan, uning muklliklaridan kelib chiqishi turkiylardan bo’lgan sulola qaramog’da bo’lgan. 7-asr o’rtalaridan arablar Toxaristonda dastlabki harbiy yurishlarini boshladilar, lekin toxaristoning Arab xalifaligiga uzil-kesil, bo’ysundirilishi va qo’shib olinishi: 8-asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Islom dining kelib chiqishi va tarqalishi bilan zardushtiylikbuddizmga bo’lgan e’tiqodning yo’qqilinishi jarayoni ham huddi shu davrga xosdir. 5-8 asrlarda Surxondaryo madaniyati yuksak rivoji bilan ajralib turadi. Angor yaqinidagi Bolaliktepa qal’asi bu davrning eng muhim yodgarliklaridan sanaladi. Bu yodgorlik devorlarida bazm ko’rinishi aks ettirilgan rasmlar diqqatga sazovardir. Monumental va amaliy san’atning ajoyib namunalari Ko’hna Termizdagi « Qo’rg’on», Budrach, Kuyovqo’g’on va Tavka qo’rg’ondagi Budda ibodatxonasini qazib o’rganish chog’ida ham topilgan.