Buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda Amir Temur Movaunnaxrda mustaqil davlat barpo etish uchun kurashda nufuzli Termiz Sayyidlari sulolasiningqo’llab-quvvatlashiga muvofiq bo’ladi. 1370 yil kuzida Termiz yaqinidagi Bug’ degan joyda Amir Temurning bo’lg’usi piri murshidi Said Baraka unga hokimiyat ramzlarini Bayroq va nog’orani taqdim etib, Amir Temurga bo’lg’usi hukmdorlikni bashorat qilgan edi. Amir Temur termizda bir necha marta bo’lgan va Termiz sayyidlari huzurida mehmon bo’lib, ular bilan do’stona munosabatlar o’rnatgan: Saidlar sulolasining vakillaridan biri Abu Al’maoli Shahrizabzda uzoq yillar islom diniga xizmat qildi. Vafotidan so’ng gumbazi Sayyidonda Amir Temurning otasi qabri hamda Amir Temurning piri murshidi shayx Kulol qabri yonida dafn etishdek hurmatga sazovar bo’lgan. Amir Temur hukmronligi yillarida termiz juda katta shaharga aylandi. Bu haqda Amir Temur saroyida islom qirolining elchisi sifatida faoliyat yuritgan Rui Gonzales de Klavixo1404-yilda Termizga tashrif buyurganida guvohlik beradi. Jumladan:u shunday yozadi: biz bu shaharda uzoq yurdik va o’z uyimizga qattiq charchagan holda keldik, butun yo’l davomida biz maydonlar va odamlarga to’la ko’chalarorqali o’tdik. Amir Temur va Temuriylar davrida termiz va Chag’oniyonda badiiy madaniyat rivoji yuksak cho’qqiga chiqdi. Yangi shahar va qishloqlarpaydo bo’ldi. Surxondaryo viloyatida iqtisodiy yuksalish yuz berdi.Savdo-sotiq keng rivojlandi. Shimoliy Hindistonning Amir Temur davlati tarkibiga qo’shib olinishi munosabati bilan Termiz Hindiston bilan Markaziy osiyoni bog’lovchi bo’g’in sifatida muhim bojxona maskaniga aylandi va uning roli o’sib bordi.